«bolalarga nisbatan zo‘ravonlik» tegli maqolalar


Jizzaxda 8 yoshli o‘g‘liga pichoq tiragan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 aprel 2024, 15:33

Jizzaxda 8 yoshli o‘g‘liga pichoq tiragan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Koreyada ishlayotgan rafiqasi bilan telefon orqali janjallashib, 8 yoshli o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bolaga uning buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.

Samarqandda kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgan bola holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
17 mart 2024, 14:31

Samarqandda kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgan bola holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Samarqandda bolaga nisbatan zo‘ravonlik — kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgani haqida xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Zo‘ravonlik qilgan pedagoglar har qanday vaziyatda ham javobgarlikka tortilishi kerak — bolalar ombudsmani
24 yanvar 2024, 23:31

Zo‘ravonlik qilgan pedagoglar har qanday vaziyatda ham javobgarlikka tortilishi kerak — bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning aytishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan tarbiyachi va pedagoglar ota-onalar noroziligini bildirish yo bildirmasligidan qat’i nazar, har qanday vaziyatda javobgarlikka tortilishi kerak.

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi
15 yanvar 2024, 12:04

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri yuritiladi
21 noyabr 2023, 10:01

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri yuritiladi

Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Unga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.

Shaxnoza Mirziyoyeva: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mavjudligiga sabab bo‘layotgan jamiyatdagi munosabatni o‘zgartirmoqchimiz
10 oktabr 2023, 15:12

Shaxnoza Mirziyoyeva: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mavjudligiga sabab bo‘layotgan jamiyatdagi munosabatni o‘zgartirmoqchimiz

O‘zbekistonda 9 oy davomida bolalarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Zo‘ravonlik oqibatida 22 bola halok bo‘lgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va YUNISEF bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasini taqdim etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting